“Parlament o‘yinlari”: g‘oliblar aniqlandi

Date:

Sport sog‘lom turmush garovi, qolaversa, muvaffaqiyatga, g‘alabaga eltuvchi yo‘l hamdir. Bugun faqatgina sportchilargina sport bilan shug‘ullanadi degan qarashlar eskirgan. Bugun yosh-u keksa — hamma sport bilan mashg‘ul bo‘lib, jismonan chiniqib, tanini sog‘lom bo‘lishiga harakat qilayotir. Ana shunday jismoniy tayyorgarlikni sinovdan o‘tkazish maqsadida esa sport musobaqalari ham tashkil etib kelinmoqda.

“Parlament o‘yinlari” sport musobaqalari ana shunday maqsadni ko‘zlaydi. Ayni musobaqa yordamida senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish maqsadi yotadi. Qolaversa, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, minifutbol, voleybol, badminton va stol tennisi sport turlarini ommalashtirish va uni yanada rivojlantirish vazifasini ham o‘z ichiga olgan.


Aytish kerakki, “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalari 3 bosqichda sportning mini-futbol, voleybol, badminton va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilib kelinadi. Ushbu musobaqaning Surxondaryo viloyatida ham Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari o‘rtasida tumanlararo hududiy bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda Angor, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Termiz shahar Kengashi deputatlari, tuman sport bo‘limi mas’ullari va OAV xodimlari ishtirok etdi.


Unda tumanlardan ishtirok etgan deputatlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Musobaqalarni mini-futbol, voleybol, badminton va stol tennisi bo‘yicha professional hakamlar boshqarib bordi. Murosasiz kechgan bahslardan so‘ng hakamlar tomonidan g‘oliblar aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, mini-futbol bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani jamoasi, voleybol va sport tennisi bo‘yicha Termiz shahar jamoasi, badminton va erkaklar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Termiz tuman jamoalari deputatlari «Parlament o‘yinlari» sport musobaqalarining tuman bosqichida mutlaq g‘oliblari deb topildi hamda musobaqalarning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. G‘olib deb topilgan jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Oliy Majlis Senatining “Parlament o‘yinlari” sport musobaqasi tumanlararo bosqichi davom etib, qolgan tumanlardan ham g‘olib jamoalar aniqlab olindi.

S.Normurodova

Oldingi sahifaQassob
Keyingi sahifaObshir obod manzilga aylanadi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xitoy bilan sanoat loyihalari amalga oshiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “Hebei...

QOZOG‘ISTONDAN MEDAL BILAN…

Mehnat va izlanish, albatta, o‘zining ijobiy natijasini beradi. Buni...

Necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi...

Ziqna zaqqum

Kiyimlarining oxori to‘kilib, eskirib ketgan ayol, eriga yolvordi: "Jon...
KunTun
KunTun