Qassob

Date:

Qiziq odam-da shu Abdurahmon qassob.
Erta turib, pichoqlarini charxlab, qassobxonaga boradi. Shogirdlari olib kelgan novvosni shoxi ortidagi “nuqta”siga bitta gursillatib urib, ag‘daradi. “Bismilloh”ni aytib, o‘tkir pichog‘ini tortvoradi.
Tushdan keyin kurashchi shogirdlarini tayyorlaydi. Har biriga kuchini aql bilan ishga solish, har qanday raqibni yutish sirlaridan saboq beradi.
Onda-sonda bo‘ladigan musobaqalarda o‘zidan gavdali raqiblarning kuragini erga tekkizadi, bu uning uchun oddiy holga aylanganiga ancha bo‘lgan. Yoshligida uncha-muncha “ishkal”lardan ham sog‘-omon chiqqan, deb eshitganman. Bu odamni qo‘rqitish qiyin.
Ammo, kuni kecha mahallamiz boshida uni yuzi qo‘rquvdan dokadek oqargan holda ko‘rdim. Uzoq o‘ylandi, ikkilanayotgani, qo‘rqayotgani bilindi. Keyin boshini xam qilganicha tish do‘xtirning kabinetiga kirib ketdi.

Xayrullo Qutliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...

She’ri suvda oqqan shoir

Vohada 68 yoshli bir mashhur shoir bor edi. Iste’dodi...

“Bilim ila ko‘ngling charog‘ qilg‘ay

”Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining buyuk shoiri va mutafakkiri bo‘libgina...

“Osoyishe kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?”

O‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk yurtdoshlarimiz ichida...
KunTun
KunTun