Yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasi quriladi

Date:

Termiz shahri “Tinchlik” mahallasida loyiha qiymati 21 milliard so‘m bo‘lgan Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati filiali uchun qurilayotganidan xabarimiz bor. 1 000 o‘rinli yangi bino qurilish jadallik bilan davom etayotir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ayni kunlarda Surxondaryoda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ushbu loyiha binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.


Ayni mahalla hududida 3 gektar maydonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasi qurilishiga ham start berildi. Zona tashkil etilayotgan maydon 14 ta lotga bo‘lingan va hozirda ushbu lotlar auksion savdolariga chiqarilgan. Yoshlar sanoati va tadbirkorlik zonasida umumiy qiymati 63,1 milliard so‘mlik, ishlab chiqarish quvvati 54,2 milliard so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi. Loyiha ishga tushishi bilan esa 140 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun