Oks Aleksandriyasida…

Date:

Surxon vohasi o‘zining tarixiy qadamjolari va madaniy meros obyektlari bilan ayniqsa, mashhur. Yurtimizning, xususan, dunyoning tuli burchaklaridan kelguvchi turistlar va terixchi olimlar ushbu obyektlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish, tarix bilan yuzlashish uchun ham ayni obyekt va qadamjolarga kelishadi. Ana shunday obyektlardan biri Oks Aleksandriya (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligidir.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, 2019-yilda Kampirtepa yodgorligi ostidan 2 ming yil yashirinib yotgan Oks Aleksandriyasi shahri topildi va u butun dunyoga e’lon qilindi. Oks Aleksandriyasi, ya’ni Amudaryo bo‘yidagi Iskandariya shahri, Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solingan Yunon-Baqtriya davlatining sharqiy himoya qal’asi hisoblangan. Oks Aleksandriyasining gullab yashnagan davri eramizdan oldingi III-II asrlarga to‘g‘ri keladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, Oks Aleksandriya (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi bilan tanishdi. Tarixchi olimlar tomonidan yodgorlik va uning ahamiyati haqida axborot berildi.
Viloyat rahbari hududni arxeologik yodgorlikka ziyon yetkazmasdan va muhofaza zonasiga ta’sir qilmasdan obodonlashtirish, tashrif buyuruvchilar uchun sharoitlar yaratish, xususan, sanitariya-gigiyena shaxobchalarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullar va tuman rahbarlariga kerakli vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun