2 000 ta uy-joy qurilishiga start berildi

Date:

Surxondaryo viloyati bo‘ylab kezayotgan kishi, albatta, hududlardagi katta bunyodkorlik ishlarini ko‘rib, kuzatib turib, vohani ulkan qurilishlar maydoniga mengzashi aniq. Termiz tumani “Surxon Do‘stlik” massividagi 100 gektar maydonda, bir va ikki qavatli 2 000 ta uy-joy qurilishi ham ana shunday bunyodkorlik ishlarining davomidir.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida bo‘lib, mazkur massiv qurilishiga start berdi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishdi. Qolaversa, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, hududda barcha infratuzilmalarni hisobga olish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.
Ushbu massivda uy-joy bilan birga, aholiga qulaylik yaratish maqsadida maktab, bog‘cha, mahalla guzari, tibbiyot markazi, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari barpo etiladi. Uy-joylar 3 kVtlik quyosh panellari, 200 litrlik suv isitish qurilmalari, ko‘mirda isitiladigan tizim bilan ta’minlanadi va to‘liq bazalt qoplamasi bilan qoplanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun