45 kun deganda…

Date:

Mehnat bilan topilgan boylik totli va barokatli bo‘ladi. Buni imtiyozlik kredit yordamida parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirayotgan Musurmon Yo‘ldoshev ham yaxshi biladi. U bedana boqish sirlarini ham o‘zlashtirib, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlardan. Unga o‘zi yashaydigan “Shaldiroq” mahallasining hokim yordamchisi Ahliddin Xolmatovning yordami va tavsiyasi munosib turtki bo‘ldi.
Qarabsizki, Musurmon Yo‘ldoshev mahallada parrandachilikni rivojlantirib, oilasi byudjetiga foyda keltirishni boshladi. Buning uchun u ko‘p kutmadi… Ayniqsa, bahor va yoz oylari parranda boqish uchun ayni qulay vaqt emasmi, shu fursatdan foydalangan tadbirkor broyler tovuqlarini boqishni boshladi va 45 kun deganda mehnatining foydasini ko‘rdi.
Parranda — yetti xazinaning biri deyishgani rost ekan. Haqiqatan ham ro‘g‘orga va hamyonga-da naf keltirguvchi tovuq va tuxumlari sizni uyaltirib qo‘ymaydi. Yesangiz qorningiz to‘yib, sotsangiz, toma-toma ko‘l bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun