“Kutubxona” foydalanishga topshirildi

Date:

Kitobning qiymatini-yu qadrini bugungi kitobxon yaxshi biladi. Ayni shuning uchun ham o‘qishni, uqishni kanda qilmaydi. Albatta, kitob bilan kitobning, asar bilan asarning katta farqi bor. Buning-da farqi yaxshi anglashiladigan, munosib tanlov qilinadigan zamonda, makonda yashayapmiz. Shuning uchun ham o‘quvchimizmi, talaba yoki ishchi-xodim, xullas kim bo‘lishimizdan, qanday sohada faoliyat yuritishimizdan qat’iy nazar sevimli mashg‘ulotimiz mutolaaga aylanib ulgurgan.
Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida ham kutubxona tashkil etish zaruratga aylandi. Xodimlar o‘zlari sevgan asaralarini kutibxonama-kutubxona, kitob do‘konida sarson bo‘lib qidirib, vaqt ketkazganidan ko‘ra o‘zlari ishlayotgan binoda kutubxona bo‘lsa yomonmi? Ayni shu maqsadda tuman ichki ishlar bo‘limi binosida yangi “Kutubxona” tashkil etildi.
Kutubxonaning ochilish marosimi esa u yerda ishlovchi barcha uchun kutilmagan tuhfa bo‘ldi. Aytish kerakki, yangi tashkil etilgan ziyo maskanida 500 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblari joy olgan bo‘lib, har bir xodim o‘z xizmat vazifasi bilan birgalikda kitoblar mutolaa qilishga mehr qo‘yishlari bilan o‘zlarining dunyoqarashlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun