Bolani bog‘chaga qo‘yishda imtiyoz bormi?

Date:

Farzandlarimiz bog‘cha yoshiga yeta boshlagach, bu bo‘yicha qandaydir imtiyozimiz bormikan deya o‘ylay boshlaymiz. Aslida, bolani bog‘chaga qo‘yishda kimlarga imtiyoz beriladi degan haqli savol tug‘iladi. Bu savolga javoban aytish mumkinki, farzandini bog‘chaga joylashtirayotgan ota-ona I yoki II guruh nogironi bo‘lsa yoki ko‘p bolali oilalarning bolalari bo‘lgan taqdirda imtiyoz qo‘llaniladi. Shuningdek, yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar ham bu imtiyozdan foydalanilgan holda bog‘chaga beriladi.
«Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari, talabalar va pedagoglarning bolalari, akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar hamda ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar uchun ham bu imtiyoz qo‘llaniladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun