Video chat orqali…

Date:

Bugungi kunda yoshlar qaysi kasb-u korning, hunarning boshini tutmasin, doimiy e’tibor va qo‘llab-quvvatlovda ekanini unutishgan emas. Sababi ishsizmi, qiziqishlari inobatga olinib kasb-hunarga o‘qitiladi, munosib ishning boshini tutishi uchun imkon beriladi. Qarabsizki, jamiyatda ishsizlik, bekorchilik va boshqa illatlarning oldi olinadi. Xolbuki, ishlash uchun biror chet davlatiga ketayotgan yoshlar ham e’tibordan chetda emas. Buni viloyatimizdagi barcha tumanlar hokimlarining vifeo chat orqali yoshlar bilan doimiy aloqada ekanidan ham bilish mumkin.
Xuddi shunday Sherobod tumani hokimi Zaynobiddin Xalilov chet elda bo‘lib turgan yoshlar bilan telegram platformasi orqali video chat tarzda muloqot o‘tkazdi. Aytish kerakki, video chatda migratsiyada bo‘lib turgan yoshlar ishtirok etib, hokim bilan dildan va samimiy suhbat qurdilar. Musofirlikda kimnidir qiynayotgan muammo bo‘lsa, hokim bilan kengashildi, kerakli yordam va yechim izlandi.

Qolaversa, tuman hokimi davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, bugungi kunda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal qilish yuzasidan ular tomonidan bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.
Mana shunday muloqotlar xorijda yurgan fuqarolarimizning talab va istaklaridan kelib chiqib, rejaga muvofiq doimiy ravishda tashkil etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, hokim va migratsiyadagi yoshlarning doimiy aloqada bo‘lishlari uchun telegram kanali tashkil etildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun