6 ta oila saqlab qolindi

Date:

Oila muqaddas dargoh. Uni asrab-avaylash har bir oila a’zosining burchi bo‘lmog‘i lozim. Ammo, afsuski, oilaviy qadriyatlarga, umuman oilaviy munosabatlarga jiddiy qaramaslik holatlari ham uchrayotgani ayanchli. Bu esa o‘zaro tushunmovchiliklarga, oilaviy nizolarga sabab bo‘layotir. Bularning oxiri esa ajrim bilan tugayotgani farzandlarning tirik yetim bo‘lishiga, noto‘liq oilalar sonini ortirayapti xolos.

Xolbuki, yurtimizda oilaviy ajrimlarning oldini olish maqsadida o‘ziga xos tizim yaratilgan. Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqdaki, bu aliment qarzdorliklarini undirish bilan bir qatorda oilalarni o‘zaro yarashtirilmoqda. Byuroning Sherobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari tahlil qilinib, nizoli oilalar bilan suhbatlar uyushtirilmoqda, kerakli tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bu esa albatta, o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmay qolmayapti. Birgina iyun oyini oladigan bo‘lsak, joriy oyda 6 ta oilaning o‘zaro kelishmovchiliklariga barham berildi va yarashtirishga erishildi. Bu esa Byuro organlari ish yurituvidagi aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari muddatidan oldin tugatilishiga sabab bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun