Tajriba almashish Forumi bo‘lib o‘tdi

Date:

Qayga boqmaylik bayram kayfiyati, yoshlarning tashabbus va faollik ko‘rsatganiga guvoh bo‘lish mumkin. Buning ham o‘ziga xos sababi bor, albatta. 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan iyun oyi “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” tashkl etilayotgan tadbirlar, uchrashuv va kechalar yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotir.


Ana shunday tadbirlardan biri Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan madaniyat va ma’rifat markazida harbiy xizmatchilarning o‘zaro tajriba almashish Forumi sifatida tashkil qilindi. Forumda Janubiy operativ qo‘mondonligi rahbariyati, Surxondaryo viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi xodimlari, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi faollari, “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari va harbiy qismlarda samarali faoliyat yuritayotgan, turli xalqaro musobaqalar g‘oliblari, davlat mukofoti sovrindorlari bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.


Forumda so‘zga chiqqanlar borki, davlatimiz tomonidan yoshlarga hamda harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar uachun yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarni muddatli harbiy xizmatga borishi, shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirishi hamda oliy harbiy bilim yurtlarining imtiyozlari, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlari haqida to‘xtaldilar. Shundan so‘ng, Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan harbiy xizmatchilar, sport va ta’lim yo‘nalishida yuqori marralarga erishgan yoshlar o‘zlarining muvaffaqiyat sirlarini so‘zlab berdilar.


Tadbir davomida 50 nafar “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati a’zosiga respublikamizning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan balning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beradigan tafsiyanomalar tantanali topshirildi. Shuningdek, tadbirda Termiz shahar madaniyat markazi san’atkorlari hamda Termiz garnizoni harbiy orkestr jamoasining konsert dasturlari, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar Forum ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun