Samarqand-u Buxoroga jo‘nab ketdi

Date:

Hayotimizning ayni ishlaydigan pallasi deya umrimizni ishga, turmush tashvishlariga baxshida etamiz. Nafaqaga chiqqanimizda esa umrimiz davomida ulgura olmagan ishlarimizni, rejalarimizni ro‘yobga chiqarish fursati kelganday bo‘ladi. Davlat va jamiyat rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, hozirda nafaqada keksalik gashtini surayotgan bir guruh nuroniylar Samarqand va Buxoro shaharlariga sayr-u sayohat uchun otlanishdi.
Qadimiy va ko‘hna shaharlarga tashrif buyuradigan mehmonlar tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylarda bo‘lishni ko‘ngillariga tugishdi. Katta taassurotlarni ko‘ngliga tukkan bir guruh sayohatchilarni Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev va “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi, tuman hokimi maslahatchisi S.Qosimovlar kuzatib qolishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun