Abituriyentga tavsiya

Date:

Ayni paytda barcha oliy taʼlim muassasalarida qabul jarayoni boshlangan. Abituriyentlar bu kunni intiqlik bilan kutishlari tabiiy hol. Negaki, bir yil issiqni issiq, sovuqni sovuq demay bilim olib kelishyapti va endilikda ularning orzulari ushalishiga bir qadam qoldi desak adashmagan boʻlamiz.
Yurtimizda barcha sohalar qatori taʼlim sohasida ham koʻplab oʻzgarishlar boʻlyapdi. Bir necha yillar avval abuturiyentlar hujjat topshirish uchun kunlab yozning jaziramasida navbat kutishar edi. Yana qabul uchun hujjat yigʻish sarsongarchiligini aytmaysizmi? Endilikda siz xohlagan joyingizdan turib ham my.gov.uz sayti orqali onlayn hujjat topshirish imkoniyatiga egasiz.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun toʻlov miqdori belgilangan boʻlib, abituriyentlar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165ming soʻm) miqdorda toʻlov qiladi. Biroq koʻpgina shaxslar bu toʻlovdan ozod qilingan. Xoʻsh, ular kimlar???

  1. Test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilida taʼlim muassasalarini bitirganlar;
  2. 1-, 2-, va 3-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
  3. “Ijtimoiy himoya va yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  4. ” Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
  5. Toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar.
    Qani abituriyentlar barchangizga omad tilaymiz. Talabalikning oltin davrini surish barchangizga nasib qilsin! Maqsad sari olgʻa!

Muxlisa Qudratova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun