Sinalik nuroniylar Buxoroga kuzatildi

Date:

Yoz faslida faqat maktab o‘quvchilari ta’tilga chiqib, maroqli dam oladi deganlar adashadi. Denov tumanidagi tog‘li Sina qishlog‘ining bir guruh nuroniylari ham viloyat hokimligining tashabbusi bilan Buxoro viloyatiga sayohatga chiqib, munosib dam va xordiq chiqaradigan bo‘lishdi.
Sayohatchilar tuman markazidagi “Eko” istirohat bog‘iga taklif etildi va oq yo‘l tilandi. Bir piyola choy ustida davom etgan tadbirda so‘z olganlar yurtimizda, xususan, Denov tumanida bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari uchun Prezidentimizdan va davlatimizdan minnatdor ekanliklarini bildirishdi. So‘ng, sayr-u sayohat tadorligini ko‘rgan bir guruh nuroniylar yuqori kayfiyatda kuzatildi.
Aytish kerakki, ushbu sayohat qadim Buxoroi sharifning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish, ziyorat qilish imkonini berish bilan birga olam-olam taassurot olishga ham xizmat qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak”da kemtik bo‘lmaydi

XXI asr — bu shunchaki texnologiyalar asri emas, bu...

She’ri suvda oqqan shoir

Vohada 68 yoshli bir mashhur shoir bor edi. Iste’dodi...

“Bilim ila ko‘ngling charog‘ qilg‘ay

”Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining buyuk shoiri va mutafakkiri bo‘libgina...

“Osoyishe kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?”

O‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk yurtdoshlarimiz ichida...
KunTun
KunTun