“Siz qonunni bilasizmi?”

Date:

Ba’zida qonunni yaxshi bilmaslik huquqlarimizning poymol bo‘lishiga, muammoga duch kelganda esa qanday yo‘l tutish-u qayerga murojaat qilishni bilmaslikka sabab bo‘ladi. Bu huquqiy savodxonlikning yetishmasligi degani. Xo‘sh, mavzu shu haqida ekan, siz qonun va huquqlaringizni nechog‘lik bilasiz degan haqli savol tug‘iladi. Javobga kelganda ikkilanib qoldingizmi, demak o‘rganishingiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina.
Albatta, bugungi kunda aholining, shu jumladan, xotin-qizlarning qonunlarni bilishi muhim. Shu nuqtai nazardan, Termiz shahridagi San’at saroyida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina tashkil etildi. Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning oliy ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan viktorinada viloyatimizda joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.
Qiziqarli ruhda o‘tgan jarayonlarda har bir tomoshabin va ishtirokchi yangi bilimlarni o‘zashtirish bilan birga, qonun va huquqlarni bilishlik nechog‘lik muhim ekanini anglab yetdilar.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun