“Milliy liboslar – millat koʻzgusi”

Date:

O‘zbek qizining bor go‘zalligi va jozibasi milly liboslarimiz bilan yanada uyg‘unlik kasb etadi. Atlas-u adras, parcha va beqasamlarning milliy uslubda tikilishi, kashta naqshlari bilan zeb berilishi, yana milliy taqinchoqlarimiz butun bir kolleksiyani tashkil etadi. Afsuski, bunday kolleksiyalar to‘y-hashamlarda, bayram-u sayllarda kiyiladigan bo‘lib qolgan.


Nega endi hamma narsadan zamonaviylik, yangi uslub yaratayotganlar milliy mato va liboslarimizdan yangilik qilishmaydi. Qizlarimiz sochlarini qirq kokil qilib o‘rib, atlas-u adrasni yarashtirib kiyishmaydi. Bu kabi savollar ko‘p bor tug‘iladi. Albatta, javoblar, yondashuv va fikrlar turlicha. Ammo, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Surxondaryo viloyati hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada ko‘pchilikning fikri bir joydan chiqdi.


Konferensiyada ishtirok etgan respublikamizning va vohamizning taniqli, ko‘zga ko‘ringan va hurmatli ayollari yoshlarga o‘zlarining qimmatli fikrlarini bildirishdi. Milliy liboslarimizning ahamiyati haqida so‘zladilar. Qolaversa, kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va buguni, mavjud muammo va kamchiliklar boʻyicha fikrlar keng muhokama va qiziqarli munozaralarga sabab bo‘ldi. Asosiysi, yoshlar o‘tkazgan vaqtiga achinmadilar.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun