Ishsizlarga 20 sotixdan yer ajratildi

Date:

Ishsizlik nafaqat o‘sha oilaga, balki jamiyatga ham, davlatga ham katta zarar keltiradi. Bekorchilik oqibatida kelib chiqadigan illatlar va boshqa jihatlar haqida to‘xtalmasak ham bo‘ladi. Shu sababdan ham ishsizlikni tugatib, kambag‘allikka chek qo‘yish yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buning uchun esa bor imkoniyatlardan foydalanib kelinayotir.
Jarqo‘rg‘on tumanida “Isroil Iskandar nur” fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan maydonlar 20 nafar kam taʼminlangan, “daftarlar”ga kiritilgan va ishsiz fuqarolarga bo‘lib berildi. Ushbu yer maydonlari shudgorlangan bo‘lib, ekin ekishga tayyor holatda.

Ish boshlashga birinchi qadamni tashlamoqchi bo‘lganlarga “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yordam bo‘lsin deb bepul ekin urug‘lari ham tarqatildi. Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, fuqarolarga ajratilayotgan yer maydonlarida samarali mehnat qilib, oilaviy daromadlarini oshirish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berdi.
Aytish kerakki, takroriy ekin ekish uchun ishsiz fuqarolarga yer ajratish tadbirlari Sho‘rchi, Denov va Oltinsoy tumanlarida ham o‘tkazilib, aholining ishsiz qatlami uchun qulaylik yaratilayotir. Shuningdek, hududlarda o‘tkazilgan tadbirlarda ehson uchun jonliq so‘yilib, Qurʼon tilovat qilinib, yurt tinchligi, aholi farovonligi va boshlangan xayrli ishlar, dehqonchiliklar mo‘l-ko‘lchiligini so‘rab, duoga qo‘l ochildi.

S.Murodova

Oldingi sahifa…javobgarlikka tortildi
Keyingi sahifaQimmatga tushdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun