Xorijiy investitsiya jalb etiladi

Date:

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish har tomonlama manfaatlidir. Bu bilan nafaqat davlatga sarmoya kiritiladi, balki ishbilarmonlik muhiti shakllanadi, tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyatini boshlaydi, yangidan-yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanadi. Ayni shu maqsadda Sherobod tumani hokimi Zaynobiddin Xalilov Janubiy Koreyadagi “NCG Engineering Co., Ltd.” kompaniyasi hamda O‘zbekistondagi “NCG Korea cement” MChJ xorijiy korxonasi bosh direktori Jang Il-Kweonni qabul qildi.
Tashrifdan asosiy maqsad esa tumanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilib, Sherobod tumani, Ko‘xitang massivi, “Vandob” mahallasi hududidan qurilishi belgilangan sement zavodining yer maydoni, sement ishlab chiqarishda asosiy kerakli bo‘lgan tabiiy gaz, ko‘mir yoki elektr-energiyadan foydalangan holda ishlarni tashkil etishdir. Shuning asnosida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun