Surxondaryolik pillakorlar respublikada birinchi

Date:

Surxondaryolik pillakorlar bu yil ham mavsumni shijoat va g‘ayrat bilan boshlagan edilar. Tajribali, ilg‘or pillakorlarimiz esa munosib rag‘batlantirilib borilgani ham sir emas. Bu esa soha mehnatkashlarini yanada ruhlantirdimi yoki tajriba o‘z natijasini ko‘rsatdimi, xullas mirishkor pillakorlarimiz 33 ming 794 quti ipak qurtidan 1 ming 960 tonnadan ortiq “kumush tola” hosilini yig‘ib, respublikada birinchilardan bo‘lib, shartnoma rejasini bajarishdi, hatto ortig‘i bilan.
Pillakorlarning sa’y-harakatlari va mashaqqatli mehnatlari sabab har bir qutidan o‘rtacha 58 kilogramm hosil olinishiga erishildi. Bunda yangi, serhosil, voha iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan mahalliy navlarning parvarishlangani yuqori hosildorlik garovi bo‘ldi. Natijada eng ilg‘or pillakorlarimiz bir qutidan 90 kilogrammgacha hosil olishga erishishdi.
Viloyatdagi qabul punktlariga pilla hosilini topshirish jarayonlari hali-hamon davom etayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun