Saboq

Date:

Birinchi sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashayotgan o‘qituvchi bolalardan kelajakda kim bo‘lishini so‘radi. Biri tadbirkor, bir shifokor bo‘lishini mag‘rurlanib aytdi. Sinfdagi Aziz ismli o‘quvchi obro‘li odamning farzandi emasmi, u “men kim bo‘laman ustoz”, deya o‘qituvchiga savol nazari bilan boqdi. O‘qituvchi ham “sen hokim bo‘lsan” dedi.
Shundan so‘ng, hamma qiziqsinib, ustozini savollarga ko‘mib tashladi, hammaga eshitganda moydek yoqib tushadigan kasb va lavozimlarni aytgan ustoz oddiygina oilaning o‘g‘li Usmonga navbat kelganida faloncha chiqindi tashiydigan ishchi bo‘ladi dedi. Hamma kuldi. Ammo, bu gaplar bolakayni izza qilish bilan birga xafa qildi. U albatta, bunday bo‘lmasligini isbotlashini o‘z-o‘ziga qat’iy so‘z berdi.
Vaqt o‘tdi, o‘sha katta lavozimdagi otaning o‘g‘li Aziz bebosh bolalarga qo‘shilib, otasining borini sovuradigan bo‘lib chiqdi. Ustozning bashoratlari esa to‘g‘ri chiqmadi. Usmon esa kun kelib o‘qituvchi bo‘ldi. Ammo, o‘sha birinchi ustozidek emas. O‘sha kungi voqea unga saboq bo‘lgan edi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun