Oddiy qiziqish katta ishlarga turtki bo‘ldi

Date:

Farzandlarimiz uchun o‘yinchoq tanlaganda xavfsiz va uzoq muddat xizmat qilishini o‘ylaymiz. Narxiga-da e’tibor bermay, xorijda ishlab chiqarilgani eng yaxshisi bo‘ladi bizningcha. Ammo, bilmaymizki, o‘sha oddiy o‘yinchoq orqali farzandlarimiz dunyoqarashida, ruhiyatida qanchalik o‘zgarish bo‘lishini. Qurol-yarog‘lardan buzg‘unchilikni, ochiq-sochiq kiyinib, qomatini ko‘z-ko‘z qilguvchi qo‘g‘irchoqlardan esa qizaloqlarimiz ommaviy madaniyatni o‘zlashtira boradi. Turli “supermen”lar ham bundan holi emas. O‘yinchoqlar orasida mana shunday raqobat kuchaygan bir davrda bozorlarimizni o‘zimizning hunarmandlar tomonidan yasalgan milliy o‘yinchoqlarimiz, ertak qahramonlarimiz egallay boshlagani ayni muddao bo‘ldi. To‘g‘ri, bu o‘yinchoqlarni hamma ham xarid qilishni istamas, ammo qosh-ko‘zlari xuddi o‘zimizni kabi boqib, yuzida samimiyat ufurib turgan o‘yinchoqlar aslida bolalarimiz uchun eng yaxshi ovunchoqdir.
Sho‘rchilik Mavluda Qobilova ham ana shunday o‘yinchoqlar to‘qishning ustasi. Oddiy qiziqish Mavludaga ilhom bag‘ishladi va katta ishlarni boshlashga turtki bo‘ldi. Ha, bu o‘yinchoqlarga qiziquvchilarning ko‘pligi, uni qo‘g‘irchoq to‘qish ishini kengaytirishiga sabab bo‘ldi.
Qarabsizki, mehnat-u mashaqqat, izlanishlari mevasi o‘laroq mo‘jazgina qo‘g‘irchoq ustaxonasini ochdi. “Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirgan holda qo‘g‘irchoq to‘qishga qiziqadigan qizlarni yoniga olib, hunari sirlarini o‘rgatdi. Ular to‘qiyotgan qo‘g‘irchoqlarni, ertak qahramonlari-yu hayvonlarni ko‘rsangiz, ko‘zingiz quvnaydi. Har bir o‘yinchoqqa ranglar, liboslar-u qo‘shimcha aksesuarlar mos va xos tanlangan. Bu esa bolajonlarning e’tiborini tortmay qolmaydi.
Bundan ko‘rish mumkinki, bozorlarimizni ana shunday milliy o‘yinchoqlar egallab olayotirki, yot madaniyatni targ‘ib etuvchi chet el o‘yinchoqlariga hojat qolmayapti.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun