O‘zbekiston-Koreya hamkorlikda…

Date:

Innovatsion loyihalar va ilg‘or muhandislik maktablarini rivojlantirish bugungi davr talabidir. Shu talabdan kelib chiqib, xalqaro standartlarga moslashish, talabga javob bera olish maqsadida xalqaro hamkorlik, tajriba almashish masalalariga katta e’tibor qaratilayotir. Ayni shu maqsadda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetlarning iqtisodiy oʻsishga qaratilgan innovatsiyalar va texnologiya sohalaridagi tashabbuslar, shuningdek, ilgʻor muhandislik maktablarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va taʼlim hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalarda Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov moderator sifati ishtirok etdi. Shuningdek, ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuv dasturlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuv masalalari ham muhokama qilindi.
Umid qilamizki, ushbu xalqaro hamkorlik sohada ko‘zlangan maqsadga erishishga xizmat qiladi. Innovatsion loyihalar amaliyotga tatbiq etilib, yoshlarimiz o‘z bilim va tajribasi, loyihalari orqali muvaffaqiyatga erishadi.

S.Davlatova

Oldingi sahifaReferendumga tayyor…
Keyingi sahifaMuammo yechim topdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...

Yoshlar tashabbusi amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-sonli qarori asosida Uyas...
KunTun
KunTun