Yiliga 2 million tonna…

Date:

Ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida bir qator loyihalar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Pokiston Islom Respublikasining “Dewan Cement limited” kompaniyasi bilan sement mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi ham ana shunday ishlarning davomi deyish mumkin.
Boysun tumani hokimligida pokistonlik investor, “Dewan Cement limited ” kompaniyasining mazkur loyiha bo‘yicha tayinlangan vakillari Khan bilan tumanda yiliga 2 million tonna sement mahsuloti ishlab chiqarish zavodini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yer maydonini tanlash, barcha kommunikatsiya (elektr energiya, suv, yo‘l, gaz) tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risida tuman hokimi, hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda muzokaralar olib borildi.
Loyiha ishga tushirilishi natijasida ushbu kompaniyaga yangidan 400 ta ish o‘rni yaratiladi. Uchrashuv so‘ngida mutasaddilar tomonidan loyihaga oid muammolarni birgalikda bartaraf etish va amalga tatbiq etish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilab olindi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun