Prezident “El-yurt fidoyisi” ko‘krak nishoni taʼsis etishni taklif qildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida o‘tkazilgan uchrashuvda “El-yurt fidoyisi” ko‘krak nishonini taʼsis etishni taklif qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan mard insonlarni voyaga yetkazgan ota-onalari, farzandlari doimo ardoqda bo‘lishi zarurligini taʼkidlab, ko‘krak nishoni taʼsis etishni taklif qilgan. Bu nishon guvohnomasi Oliy Bosh qo‘mondon tomonidan imzolanadi. Ushbu eʼtirof egalari barcha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

“Harbiy-jangovar salohiyat va yuksak maʼnaviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur”, dedi prezident.

Davlat rahbari Vatan ozodligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan o‘g‘lonlarimiz jasorati ham yosh avlod uchun ibrat ekani, ular haqida asarlar yaratish kerakligini aytgan.

 “Ezgu maqsad yo‘lida birlashgan xalq va davlatni hech qanday kuch yengolmaydi. Ilohim, qahramon o‘g‘lonlarimizning oxiratlari obod bo‘lsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin”, degan davlat rahbari so‘zining yakunida.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun