Taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi

Date:

Yo‘llarimiz haqida gap ketganda xalqning ko‘nglidagi muammolar ko‘ndalang tashlangandek bo‘ladi. Ravon yo‘llarda manzilga yetishga nima yetsin. Yo‘l mavzusi bir necha kishining emas, ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi. Murojaat ustiga tushgan murojaatlar esa muhtaram yurtboshimizning-da qulog‘iga chalingani sabab ham Surxondryo viloyatiga tashrifi chog‘ida boshqa masalalar qatori yo‘llarimizga ham e’tibor qaratdilar. Boysun-Denov yo‘nalishidagi yo‘llardan o‘zi avtomobil haydab, xalq e’tirozlari nechog‘lik haqli ekaniga amin bo‘lmoqchi bo‘ldilar.
Turgan gapki, xalq fikrida, e’tirozlarida jon bor. Yo‘llarni taʼmirlash, ravonlashtirish, aholi uchun qulaylik yaratish lozim. Prezidentimiz ayni masala bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq ham berdilar. Mutasaddilar esa shu kunning o‘zidayoq berilgan topshiriqlar ijrosiga kirishdilar. Qarabsizki, Boysun-Denov yo‘nalishidagi 111 kilometr uzunlikdagi yo‘lda qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Yaqin kunlarda Boysun va Denov tumanlaridan qatnovchi aholi ravon yo‘llarni bosib o‘tib, zumda manzillariga yetishlariga shubha yo‘q.

S.Davlatova

Oldingi sahifaIbrat
Keyingi sahifaSumalak saylida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun