Sumalak saylida

Date:

Navro‘z ayyomini sumalaksiz tasavvur eta olmaymiz. Albatta, momolarimiz, kayvoni chechalarimiz ezgu niyat ila bug‘doy o‘stiradilar va Navro‘z bayramiga munosib ravishda doshqozonlarda sumalak pishirishni boshlaydilar. Albatta, sumalak sayli qiz-juvonlarning mehnati, harakatlari bilan rang olib, maza olib pisha boshlaydi. Bayramga bag‘ishlangan tadbirlar esa ko‘ngillarimizga Navro‘z shukuhini olib kiradi.

Sariosiyo tumanidagi 9-sonli DMTTda ham erta tongdan sumalak sayli boshlanib ketdi. Tadbir bolajonlar uchun foydali va manfaatli bo‘lishi uchun “Kitob ma’naviyatimiz bog‘boni” shiori ostidagi kitob marafoni hamda “Bizning gulzorimiz” nomli saylga ulandi.

Muassasaga tashrif buyurgan borki, qalbini bayramona kayfiyat chulg‘ab olgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi qayga boqmang gulzor, ajib bezaklar, saylga tashrif buyurgan Bahoroy va Navro‘zoylarning go‘zal ijrosida jajji bolajonlarning milliy raqslari barchani maftun etdi.
Bahor va Navro‘zni madh etuvchi xalq kuy-qo‘shiqlari, she’rlar aytishuvi davrani yanada qizdirgan bo‘lsa, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi-yu, ajoyib chiqishlar ham namoyish etildi. Varrak uchirish tadbirida kimning varragi uzoq uchishi bo‘yicha bo‘lgan bellashuv, ayniqsa, qiziqarli bo‘ldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun