Hunarmandchiligimiz yanada yuksaladi

Date:

Surxondaryoda milliy hunarmandchilikning o‘ziga xos maktabi shakllanganki, bu xalqimizning milliy qadriyatlarini, boqiy san’atini o‘zida tarannum etadi. Bu san’atdan bahra olamiz, estetik zavq olamiz. Uni avloddan-avlodga o‘tkazish, bezavol yetkazish esa xalqimizning har biri vakili oldida turgan burchdir. Shunday ekan, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, taraqqiy topishi uchun ommalashtirish lozim.
Angor tumani “Yangi turmush” mahallasida bunyod etilgan “Angor baraka” savdo kompleksi milliy hunarmandchilik markazi bo‘lib, ana shunday vazifani bajaruvchi korxonalardan biri deya ishonch bilan aytish mumkin. Bu yerda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishning tamomila yangi tizimi yaratilgan. Loyiha qiymati 80 milliard so‘m bo‘lib, markazda 1000 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlangan va ular 50 turdagi milliy libos va hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishadi.
Markazning birinchi hamda ikkinchi qavatida milliy kiyim-kechak, qo‘lqop, parda, ayollar kiyimlari, avtomobillar chexollari va ayollar sumkalari, quroqchilik, kashtachilik, yumshoq o‘yinchoqlar, janda to‘qish, kulolchilik, milliy suvenirlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan 71 ta shoxobcha tashkil etilgan. Majmuaning uchinchi qavatida 44 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasi, to‘rtinchi qavatda beshta umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bitta bolalar o‘yingohi barpo etish reja qilingan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun