20 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritiladi

Date:

Surxondaryo viloyati ahlining asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali daromad ko‘radi. Iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi bilan mo‘l hosil olish imkoni yuqori bo‘lgan hudud imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanmoq lozim. Shu ma’noda davlat rahbarining kuni-kecha viloyatimizga qilgan tashrifi davomida aholi turmush farovonligini oshirish, ish o‘rinlari yaratish, yangi yer maydonlarini foydalanishga kiritish orqali mahsulotlar yetishtirish hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha qator topshiriqlar belgilab berildi.
Ana shu topshiriqlar ijrosini amalga oshirish maqsadida viloyat hokimi Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, “Pomir Surxon Agro klaster” MChJning yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish, foydalanishga kiritish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihasini mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqdi. Loyihaga ko‘ra Qumqo‘rg‘on tumani “Sayxon” massivida 12,5 ming, Jarqo‘rg‘on tumani “Oqtepa” massivida 7,5 ming gektar adirliklardan iborat yer maydonlari foydalanishga kiritiladigan bo‘ldi. Ushbu yer maydonlarini oqova suv bilan taʼminlash uchun eng yaqin hudud bo‘lgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv omboridan quvurlar yotqizgan holda suv olib kelinadi.
20 ming gektar yangi ekin maydonlarining foydalanishga kiritilishi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmining sezilarli oshishiga xizmat qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun