Xorij tajribasi asosida…

Date:

Tarixni o‘rganishda arxeologik tadqiqotlarning, qazishma ishlarining o‘rni nihoyatda katta. Bu yo‘lda esa tinimsiz izlanish, yangidan-yangi texnologiyalarni, xorij tajribasini qo‘llash, sohada yangi qadam tashlashga, yangiliklar qilishga xizmat qiladi. Xorij tajribasi haqida gap ketganda esa Termiz davlat uversitetida xalqaro hamkorlik aloqalari yaxshigina yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etish o‘rinli.
Otaxon universitetda Qozon davlat universiteti va Tatariston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Geoaxborot texnologiyalari va arxeologiyada zarar yetkaztirmaydigan metodlar” (“Геоинформационные технологии и неразрушающие методы в археологии”) mavzusida o‘quv kurslari tashkil etildi. Aytish kerakki, kurslar joriy yilning 6-martidan 28-mart sanasigacha davom etadi.
Ushbu kurs mashg‘ulotlariga sohada tadqiqot olib borayotgan yosh tadqiqotchilar, o‘qituvchi va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ma’ruzalar davomida arxeologik obyektlarning kartografik xaritasini tuzish hamda yer uchastkalarini tekshiruvdan GIS texnologiyalari orqali o‘tkazish masalalari haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Arxeologiya instituti direktori A.Sitdikov ushbu proyektdan kutilgan maqsadlar va natijalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun