SHOGIRDLARI SONI ORTIB

Date:

Kashta — bahor nafasi, gullar izi tushirilgan ajib san’at asaridir. Uni qalb dunyosi go‘zal, nafis did sohibalarigina yarata oladi. Oddiy mato, rangli iplar va igna bilan go‘zal yaratiqlar hosil etadiki, tomoshaga tutingan ko‘ngilni maftun etmay qolmaydi. Ha, kashtada naqshlar, gullar, kamalak misol tovlanuvchi ranglar tilga kiradi, so‘zlaydi. O‘z tarixidan hikoya qiladi, kasb etgan ma’nosi haqida oshkor etadi. Qiziriqlik Dilnoza Valiyeva ham mohir kashtado‘z. Kashtachilik unga momomeros kasb. Bolaligidan, yoshligidan mehr qo‘ri tushgan hunarini qo‘ymaydi. Avvaliga bola ko‘ngli bilan injiqlik, erkalik qilib, matoga igna qadab, naqsh solgan bo‘lsa, keyin bu injiqlik hayotining mazmuniga, kasb-u koriga aylandi. Mana shundan beri kashta solib, bor mehri va qalb go‘zalligini naqshlariga tushirishga harakat qiladi. Ishini boshqalarga o‘rgatib, shogird tayyorlash esa undan-da, qiziqarli mashg‘ulot qahramonimiz uchun.
Dilnoza Valiyeva Qiziriq tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabiga qarashli 16-IDUMda tashkil etilgan “Kashtachilik” to‘garagi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotir. Kashtachilik sirlarini o‘rganishga kelgan borki, ularni yorug‘ yuz ila qarshi olib, hunarini o‘rgatishga kirishgan. Mehribon va shirinsuhan ustozining o‘rgatganlari sabab mahoratli ustozning shogirdlari soni kun sayin ortib bormoqda.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun