Ayollar sayohatga yuborildi

Date:

Sizdan eng yaxshi sovg‘a nima ekanini so‘rashsa, albatta, o‘z qiziqishlaringiz, yoqtirgan narsalaringizdan kelib chiqib, u yoki bu narsani aytishingiz mumkin. Oltinsoy tumani hokimi B.Maxmatrayimov esa bu borada uzoq o‘ylab o‘tirmadi va 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami uchun munosib tuhfa o‘ylab topdi. Bu yo‘lda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmoni dasturil amal bo‘lib xizmat qildi.
Ha, hokim eng yaxshi sovg‘a sifatida xotin-qizlarning sayr-u sayohat qilishlarini istadi. Mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida tumandagi “Yakkatut” mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh jamoat ishlarida faol, mehnat faxriysi hamda keksa ayollarni Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohatga yubordi.
Tantanali ravishda kuzatilgan bayram sababchilarining quvonch cheksiz. Ular bunday ajoyib taklifni yorug‘ yuz bilan qabul qildilar va yo‘lga otlandilar. Umid qilamizki, sayohatchilarimiz Buxoro va Samarqand viloyatlarining qadimiy go‘shalarini ham sayohat, ham ziyorat qilib, unutilmas taassurotlar bilan qaytishadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun