“Balli qizlar”da saralandi

Date:

Bahor fasli ayollar bayramiga ulanib ketadi. Turgan gapki, bunday ayyomda turli tadbirlar, bayram kechalari bilan go‘zal ayollarimiz va dilbar qizlarimizning kayfiyatlarini ko‘tarishga harakat qilamiz. Termiz davlat universitetida tashkil etilgan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi ham barchada bayram shukuhini baxsh eta oldi.
Tanlovda fakultetlarning faol, bilimli hamda chaqqon qizlari ishtirok etib, berilgan shartlarda o‘z iste’dodlarini namoyon etishdi. Har bir chiqish esa o‘z navbatida fakultetning professor-o‘qituvchilaridan tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan adolatli baholandi. Aytish kerakki, bellashuv qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi. Yuqori ball to‘plagan ishtirokchi qizlar “TerDU malikasi” degan nomga va turli nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi va diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun