Nosozlik bartaraf etildi

Date:

Havo haroratining keskin tushib ketishi ko‘plab muammolarga sabab bo‘ldi. Elektr energiyasi, gaz ta’minotida uzluksiz xizmat ko‘rsatilishini talab etadi. Bunda ichimlik suvida ham nosozliklar kelib chiqishi aholiga qiyinchilik tug‘dirishi bor gap. Boysun tuman aholisini qish mavsumida toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida nosozlik bartaraf etildi. “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJ Boysun tuman bo‘limining mutaxassislari ob-havoning sovuqligiga qaramay tun-u kun xizmat qilishdi.
Bugun tuman ahlining xursandchiligi cheksiz. Toza ichimlik suvini sotib olishga va yoki uzoq masofadan tashib keltirishga hojat yo‘q. Ayniqsa, anomal sovuqda mutasaddi tashkilotlarning fidoyiligi, xalq manfaatlarini ko‘zlab, yanada qulaylik yaratish maqsadida o‘z tinchligi va xotirjamligidan kechayotgani tahsinga sazovor.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun