Muammo bartaraf etildi

Date:

Yo‘lingiz ravon bo‘lsa, ishingiz ham baroridan keladi. Bordi-yu shahar va tuman markazlarida yashab turib, mashinangiz o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarda silkinsa, kayfiyatga, bora-bora mashinangizga ham ta’sir eta boradi.
Termiz tumani markaziy ko‘chasidagi yo‘lning Varroq Termiziy masjidi yonidagi qismida ham ana shunday o‘ydim-chuqurlik hosil bo‘lgan. O‘tgan ulov borki, aylanib yoki bir silkinib o‘tadi. Ayniqsa, juma namozi kunlarida ham bu holat mashinalarning turnaqator tizilishiga olib kelardi.
Yo‘lning shu qismidagi nosozlik mahalliy aholining norozichiligiga uchrab, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Buni qarangki, nosozlik shu tariqa mas’ullarning qulog‘iga yetib bordi va tezlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi, ya’ni tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun