“Iste’molga yaroqsiz tovar-moddiy boyliklarni yo‘q qilindi…”

Date:

Bojxona postlaridan noqonuniy olib kirishga urinilgan tovar-xomashyo buyumlari, ruxsati bo‘lmagan, sog‘lik uchun xavf tug‘diruvchi mahsulotlar ushlangani haqidagi xababrlar tez-tez quloqqa chalinadi. Qiziq, ularning taqdiri qanday kecharkin? Bunday mahsulotlar bojxona omborlarida chang bosib yotmas har tugul. Ular majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, tuman, shahar bo‘limlari sud qarorlariga asosan yo‘q qilinadi.
Termiz tumani Kattaqum massividagi maxsus poligonda navbatdagi ana shunday tadbirda byuroning viloyat boshqarmasi hamkor tashkilotlar va xolislar ishtirokida 10 turdagi 337 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz dori vositalari, 30 dona alkogol va belgilangan tartibga ko‘ra aktsiz markalanmagan 10 quti tamaki mahsuloti zararsizlantirildi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida MIB viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tegishli tartibda 1 912 506 ming so‘mlik iste’molga yaroqsiz tovar-moddiy boyliklarni yo‘q qilgan.
Shuningdek, tegishli qarorga ko‘ra, davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilangan mol-mulklarning arzonlashtirilgan savdo do‘konlari tashkil etildi. Ularning sotilishidan tushgan mablag‘ning 679,7 ming so‘mi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning maxsus jamg‘armalariga o‘tkazib berilib, xalqimizning yordamga muhtoj qatlamiga kerakli ko‘mak ishlarini ko‘rsatish uchun yo‘naltirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Talaba — yugur”

Yoshlar sporti — bu faqat tezlik yoki kuch sinovi...

Savob

Bahorda yo‘l chetida tarvuz sotuvchi otaxon paydo bo‘ldi. — Ota,...

Talabalar ligasida keskin bahslar

Yoshlar sporti — bu nafaqat jismoniy chiniqish, balki iroda,...

Sudga oid ma’lumotlar endi bir necha bosishda

Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha jabhalariga kirib kelar ekan,...
KunTun
KunTun