Yashirin sex fosh etildi

Date:

Sifat tekshiruvlaridan o‘tmagan va qo‘lbola tarzda tayyorlangan mahsulot uni tayyorlaganning cho‘ntagini qappaytirishi aniq. Ammo, turgan gapki, iste’molchi sog‘ligi uchun xatarli. Afsuski, har doim ham mahsulot yorlig‘iga e’tibor qaratavermasligimiz yomon.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Sherobod tumani bo‘limlari olib borgan tekshiruvlar natijasida alkogol mahsulotlarini qo‘lbola usulda tayyorlab sotayotgan yashirin sex faoliyatiga nuqta qo‘yildi.
Fuqarolar N.R. va S.YU.ning xonadonlarida qo‘lbola usulda tayyorlangan 675 dona “Denov” nomli alkogol mahsulotlari, rangli printerda chop etilgan 466 dona qalbaki aktsiz markalar hamda boshqa moddiy ashyolar ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun