Mening Konstitutsiyam…

Date:

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamasi ketayotgan bir davrda voha ahlidan munosib ishtirok va davr talabiga mos qo‘shimchalar kiritishda faollik ko‘rsatishlari kutilayotir.

Angor tumani hokimligi majlislar zalida “O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” mavzusida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham ayni shu jihatlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, amaldagi Konstitutsiyani yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab taklif va mulohazalar asosida e’lon qilingan loyiha targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerakki, loyihaga ko‘ra, hujjatning muqaddima qismi va 59 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar, 6 ta yangi moddalar kiritilishi rejalashtirilayotir.

Yig‘ilish yakunida, kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha bo‘lgan savol-javoblar barcha tushunmovchiliklarga oydinlik kiritdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun