Keng muhokama qilindi

Date:

Yurtimizda so‘nggi yillarda inson qadri udug‘lanib, farovon turmush kechirishlari uchun ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Inson qadri ulug‘langan yangi O‘zbekiston g‘oyasi xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, uni hayotga tadbiq etish umummilliy harakatga aylandi. Natijada fuqarolarning daxldorlik hissi ortib borayotir.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan konstitutsiyaviy kommisiya a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuvda muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surgan edi. Shundan so‘ng xalqning talab va takliflari tinglanib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqildi. Davlat Qomusiga kiritilgan o‘zgarishlarni muhokama qilish, mazmun-mohiyatini keng ommaga tushuntirish bugungi davr talabi sanaladi.

Boysun tumani hokimligi majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Hazratqul Xo‘jamqulov va A’zamjon To‘laboyev ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Yig‘ilishda sektor rahbarlari, tuman Kengash kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, tumandagi MFY raiilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini va zarurati haqida maʼlumotlar berildi. Bosh Qonunga kiritilgan o‘zgarishlar keng muhokama qilindi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun