50 nafar boysunlik Ro‘yi zamin sayqalida

Date:

Ayol borki, uyim-joyim deydi, nuqul o‘zini emas, oilasini, bola-chaqasiyu ro‘zg’orini deb yashaydi. U yoq, bu yoqqa borish tugul, o‘ziga vaqt ham ajrata olmaydigan ayollar ham oramizda bor. 

Dunyo tugul, poytaxt nari tursin o‘zi tug’ilib o‘sgan nuqtalarini ham borib ko‘rmaydigan xotin-qizlar uchun bugungi kunda juda katta imkoniyat yaratildiki, “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish borasidagi hamda fuqarolarning sayohatini tashkil etish yo‘lidagi bu kabi muhim qadamlar ortida ham insonni qadrlash yotadi.

Prezidentimizning 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, har yili “Ayollar daftari”ga kiritilgan 50 ming nafar xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bepul sayohatlarni tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan Boysun tumanida “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan 50 nafar xotin-qizlar Samarqand shahriga sayohat qilish uchun jo‘nab ketishdi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun