Tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda

Date:

Maktabga jo‘natgan farzandimizni qaytguniga qadar yo‘liga ko‘z tikamiz. “Yo‘ldan ehtiyot bo‘lib o‘tdimi” degan o‘ylar hamda mashinalar qatnovi ko‘z o‘ngimizdan bir-bir o‘taverib xalovatimizni yo‘qotishimiz bor gap. Tez-tez qulog‘imizga chalinadigan avtohalokatlar, ko‘ngilsizliklar ayni maktablar yonida sodir bo‘lishi, o‘quvchi-yoshlarning voqea qurboniga aylanishini xavotirga solmay qo‘ymaydi.

Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ota-onalarning ana shunday tashvishlanishiga hojat qoldirmadi. Korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190 “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi umumfoydalanuv yo‘llar yoqasida joylashgan maktablar atrofiga tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatib, piyodalar yo‘lakchasi qurish ishlarini boshlab yuborgan.

S.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun