“Terrakota” muzey-qo‘riqxonasiga topshirildi

Date:

Surxon vohasidagi, xususan eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari dunyo olimlarining e’tiborini tortgan edi. Ekspeditsiya ishlari jadallik bilan olib borilib, Termiz shahri milodiy I-III asrlarda buddizm markazi sifatida tan olinganiga tarixiy manbalarning o‘zi guvohlik beradi. Ana shunday qadimiylikdan so‘zlovchi noyob topilma-yu boyliklarning qanchadan-qanchasi ona zamin qatida yashirin. Sariosiyolik fuqaro qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida olib keltirgan tuproq orasidan chiqqan budda tasviri tushirilgan terrakota haykali o‘tmishdan hikoya qilguvchi noyob topilma sifatida e’tiborni tortdi. Ushbu terrakota haykalida buddaning o‘tirgan holati tasvirlangan. Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, haykalcha “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun