“Dehqonbirlashuv”da yetti xazinadan bor…

Date:

Asal ming dardga davo ekani bilan qimmatli. Asalarichilik, asal yetishtirish esa ham daromadli, ham qiziq jarayon. Avvallari asalarichilik bilan shug‘ullanuvchilar sanoqli bo‘lgan bo‘lsa, hozir soha anchagina rivojlanib, asalari boqish texnikasi, asal yetishtirish yaxshigina ommalashgan. Ayniqsa, ekologik toza asal ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyoj nihoyatda yuqori.

Angorliklar esa o‘z bandligini ta’minlashda asalarichilikdan o‘rinlatib foydalanishayotir. Tumanning “Dehqonbirlashuv” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ikkinchi sektor rahbari tashabbusi bilan 30 ta xonadonga 30 quti asalari uyasi subsidiya asosida berildi. O‘z ishlarini boshlash arafasida turgan bo‘lajak asalarichilarga mutaxassislarning kerakli maslahat va tavsiyalari ham aytildiki, bu kelgusi ishlarida sohani rivojlantirishda, sifatli va toza asal olishda dasturil alam bo‘lib xizmat qiladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun