Surxondaryolik adib xalqaro “Jenima” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Date:

“Jenima” mukofoti “Insoniyat manfaatlari yo‘lida bitilgan ulug‘vor so‘zning yuksak ruhi va qudratiga minnatdorlik ifodasi” sifatida 2004-yilda tashkil etilgan. Mukofoti qo‘mitasi qarorgohi AQShda joylashgan. Ushbu nufuzli mukofot insoniyatning bugungi tarixida o‘chmas iz qoldiradigan va uning unutilmas bo‘lagiga aylanadigan, ko‘zga ko‘ringan biror-bir adabiy ish yoxud ko‘p e’tiroflarga musharraf bo‘lgan asar uchun har yili jahonning yangidan-yangi adiblariga topshiriladi.

“Jenima” – homiylik mablag‘laridan kelib chiqqan holda ma’lum bir summani o‘z ichiga olgan pul mukofoti. Bu mukofot sohibiga aylanishni istamagan ijodkor bo‘lmasa kerak. Bu istak aslo moddiyat uchun emas. so‘zning qudratini ko‘rsatib bera olish mahorati uchun, ijodini e’tibor va mehr qozonishi uchundir.
Mukofotni o‘z egasiga topshirish marosimi esa bu safar Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Sababki, Xalqaro “Jenima” mukofotiga bu yil Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor o‘zbekistonlik taniqli adib Qo‘chqor Norqobil munosib ko‘rildi.
Qo‘chqor Norqobil Surxon farzandi. U shoir, yozuvchi, dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
Uning asarlarida og‘riqlar, iqrorlar samimiy. O‘quvchi beixtiyor atrofidagi voqelikni, uni qurshab olgan turmush muammolarini unutib, asar ichiga sho‘ng‘iydi. Adib hayotni yolg‘on aralashtirmay, bor bo‘yicha tasvirlaydi. adibning “Bosinqirash”, “Asorat”, “Xun” hikoyalarini, “Daryo ortidagi yigʻi” qissasi hamda “Kaftimdagi qizgʻaldoq”, “Xosiyatli dunyo”, “Deraza rahidagi gul” kabi sheʼriy va “Kulib tur, azizim” (2005), “Quyoshni kim uygʻotadi?..” nomli nasriy kitoblarini o‘qigan kitobxon borki, adib va uning ijodiga munosib bahoni bera oladi.

Sohibjamol Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun