Besh kunlik seminar

Date:

Ayolning qirqta joni bo‘lishi mumkin, ammo qirq jonlarni qiynab turguvchi muammolari ham bo‘ladi. Qush tilini qush biladi, deganlaridek bugun mahallalarda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritayotgani ham bejiz emas. Ularning ayni faoliyati ham zaifalarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning ko‘ngliga qo‘l solib, dardini aritish barobarida hududning o‘zidan chiqmay turib, xotin-qizlarni qiynab kelayotgan turli xildagi muammolarga yechim topishga qaratilgan. Shuningdek, jamiyat rivojida ayollarning ishtirokini kengaytirish, ayollar bandligi va tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham ayni shu mutaxassislar chekida, desak adashmagan bo‘lamiz. Ulardan talab qilinadigani esa ishiga mas’uliyat va ayollarga mehr-muhabbat ruhida ishlab, arrani to‘g‘ri tortishida.

Faoliyatini yangitdan boshlagan xotin-qizlar faollari uchun joylarda o‘quv seminarlari tashkil etilishidan maqsad esa ayollar bilan ishlash ko‘nikmasini oshirish, vazifasini to‘laqonli anglab yetish va shu orqali ayollar masalasida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va masalalarga yechim topishda yanada ildam bo‘lishi uchun ularning o‘zlari to‘laqonli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdan iboratdir.

Mahallalardagi “Extiyojmand aholining  ijtimoiy himoyasi va mahallada ijtimoiy xizmatlarni yuritish” boʻyicha  seminar-treninglar va amaliy mashgʻulotlar joriy yilning 23-27-may kunlarida mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun oʻtkazilishi belgilangan. 

Ayni shu kabi seminar-treninglar Qiziriq tumanidagi 31 ta mahalla xotin-qizlar faollari uchun ham tumandagi 9-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etildi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun