43 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Date:

Yerga nihol qadab bo‘y cho‘zishi, gurkirab o‘sib, mevasi va soyasi ila insoniyatga xizmat qiluguniga qadar qancha vaqt, mehnat, qarov talab etiladi. Boshqa tomondan yashnab turgan tiriklikni yo‘q qilishga hammaning ham qo‘li boravermaydi. Ammo, yo‘q qiladiganlar, tabiatga ozor yetkazadiganlar, afsuslar bo‘lsinki tez-tez uchrab turadi. Xolbuki, bu borada qator cheklovlar, qat’iy javobgarlik choralari qo‘llanilsa-da, daraxtlar kesilaveryapti.
Ana shunday tartib va qoidalarga bo‘ysunmas “shovvoz” Angor tumanidagi 6-sonli bolalar bog‘chasi hududida daraxtlarni tag qismidan kesib tog‘ hosil qilayotganini ko‘rgan-bilganlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga xabar qilishadi. Davlat ekologik nazorat inspektorlari holatni o‘rganish davomida 43 tup mojjevelnik va tuya daraxtlari noqonuniy tarzda kesib tashlanganligi aniqlandi. Aybdorlar tegishli tartibda jazolandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun