Barakali kasb

Date:

Og‘ilxonasida qo‘y-qo‘zisi, moli borlar uning barakasini bilishadi. Dasturxoningizdan sut-qatiq, qaymoq, go‘sht arimagani tomog‘ingizga, semirtirib sotganingiz esa hamyoningizga foyda. Jonivorlarni parvishlash esa sevimli mashg‘ulot. Angorlik Jasur Jo‘rayev yaxshi eslaydi, ota-bobolari chorvachilik orqasidan kun ko‘rishgan, kam bo‘lishmagan. Esini tanibdiki, uy jonivorlariga mehri ingan, bolalarcha do‘st bo‘lgan Jasur ham ota-bobosi ishini davom ettirdi. Chorvachilikni o‘ziga kasb qildi. O‘rganganlari, tajriba o‘z ishini ko‘rsatayotganidan, eldan kam bo‘lmay, ishi baroridan kelganidan shukrda.
Kezi kelganda otasi eng yaxshi ustoz, maslahatlari bilan ishini o‘nglaydi. Chorvachilikdan nafaqat Jasur Jo‘rayevning oilasi balki, 4 nafar ishsiz yurgan mahalladoshining ro‘zg‘ori ham butlanib, baraka keltirayapti.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qamrovi oshiriladi

Sariosiyo tumanining "Anorzor" mahallasida “Madina” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha...

2 million quti sigaret yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi kontrafakt tamaki mahsulotlari sud qarori...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida...

Moliyaviy xatarlardan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalariga yangi talab joriy etilishi...
KunTun
KunTun