Jarqo‘rg‘onlik Diyorbekka balli!

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidan ko‘plab sport ustalari, yurt bayrog‘ini jahon arenalarida hilpiratayotgan sportchi yoshlar yetishib chiqayotgani ko‘ngilni quvontiradi. Xoh futbol, xoh kurash bo‘lsin yoinki boksda bo‘lsin jarqo‘rg‘onliklar peshqadamlar safidan o‘rin olib kelmoqda.

Bu gal jarqo‘rg‘onlik Diyorbek boksda mamlakatimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tardi. Olis qishloqning, chekka joyida yashab istiqomat qilib, bugun dunyo tan berayotgan sportchilarning shu darajaga yetishida qanday siru sinoat borligiga qiziqishi turgan gap.

Ammo sportda sir emas, chinakamiga intilish va mehnat borligini sport ixlosmandlarini qoyil qoldirarlik jang namoyish eta olgan vohadoshimiz isbotlab qo‘ydi. U ustoz-murabbiylariga so‘zsiz itoatda bo‘lgani, oldiga maqsad qo‘yib, intilgani bugun o‘z so‘zini aytdi.

    Sportning boks turi bo‘yicha 5-9-aprel kunlari Ruminiyada o‘tkazilgan “Golden Belt” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Jahonning 13 mamlakatidan bokschilar ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.

    Quvonarlisi, shundaki ushbu turnirda Jarqo‘rg‘on tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabida boks bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan Diyorbek O‘ralov  92 kg vazn toifasida ishtirok etib 2-o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga kumush medalni yozdirib qo‘ydi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun