Oltinsoyda pekan ekildi

Date:

Yong‘oqning foydasi siz-u bizga yaxshi tanish. Pekan nomi ila mashhur yong‘oq esa narx jihatdan bozorda boshqa turdoshlarini-da ortda qoldirib kelayotganini, balki eksport qilinishi hisobiga yo‘yarmiz. Ammo, tinib-tinchimagan olimlarimiz tuproqlarimiz unumdorligini tekshirib, o‘zimizda ham ayni shu turdagi yong‘oqlarni yetishtirishni tavsiya qilishdi (Albatta, shunday keyin narx-navoda o‘zgarish bo‘lishini umid qilamiz). Buning uchun Oltinsoy tumanidagi suv tanqis bo‘lgan qir-adirlikda foydalanilmay, yastanib yotgan 60 gektar yer maydoni tanlab olindi. 15 gektariga 1 000 dan ortiq pekan yong‘og‘ining ko‘chatlari ekildi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi tashkil etilgan bo‘lib, 1 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Birinchi bosqichda 6 nafar ishsiz ish bilan band etilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda ish o‘rinlari kengayib borishi rejalashtirilgan.
Ha aytgancha, yong‘oq plantatsiyalarini suv bilan ta’minlash masalasi ko‘pchilikni qiziqtirishi aniq. Issiqlikni sevuvchi pekanlar uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan.
Loyihaning keyingi bosqichida esa bodom, pista ko‘chatlari hamda yong‘oqning boshqa turlari ekiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun