Klaster usulida…

Date:

Iste’mol va foydalanish uchun xarid qilgan mahsulotlarimiz o‘ralgan qadoqlar, idish-u qutilar keraksiz ashyo sifatida chiqindidan joy oladi. Maxsus transning signalini eshitishimiz bilan ko‘nglimizni xira qilib turgan yuk — chiqindidan qutulishga shoshamiz. Hech o‘ylab ko‘rganmikanmiz, biz keraksiz deya tashlangan quti va bakalajkalar qayta ishlanib, o‘zlarining ikkinchi hayotini boshlab naf keltiradi. Ana shunday chiqindilar Angor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Bio Texno Eco” MCHJ chiqindilarni qayta ishlash zavodida klaster usulida qayta ishlanib, 10 yaqin turdagi tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu mahsulotlardan bugungi xaridorgir bo‘lgan plastik quvurlar (ayniqsa, neft-gaz granulalaridan tayyorlangan shunday quvurlardan ancha arzon) tayyorlanib, sotuvga chiqariladi. Shu bois Yevropa texnologiyalari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonaning xorijiy hamkorlari ham tobora ko‘payib borayotir.

Ushbu jarayonlar bilan yaqindan ko‘rish, tanishish maqsadida viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Termiz muhandislik-texnologiya institutining bir guruh talabalari tashabbusi bilan ekologik sayohat uyushtirildi. Jarayonda talabalar ishlab chiqarishning barcha sikllari bilan batafsil tanishtirildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun