Ishon o‘zini oqladi… mi?

Date:

Mental arifmetika — bu jumlalar allaqachon lug‘at boyligimizdan joy olib ulgurgan. Farzandimiz kitobxon, ziyrak, hisob-kitobda topqir, tillarni tezda o‘zlashtiradigan bo‘lishini istaganimiz uchun ham mental arifmetika mashg‘ulotlariga olib borish bilan ishni boshlaymiz. Mental arifmetikada bola ijodiy fikrlashni o‘rganadi. Xotirasi mustahkamlanib, fikrlashi o‘zgaradi. Aqli rivojlanadi. Murakkab tenglamalarni ham og‘zaki hisoblay boshlaydi. Bolaga til o‘rganish ham mental arifmetika bilan oson. Bir so‘z bilan aytganda aqlli avlod vakillari shakllana boradi. Haqiqatan shundaymi, buning uchun imkoniyatlar va bilimlar sinovdan o‘tib, ishonch o‘zini oqlamog‘i kerak.

Termiz shahridagi Nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida mental arifmetika bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada ana shunday bilimdonlarni sinovdan o‘tkazdi. Olimpiadada o‘quvchilar mantiqiy fikrlashlari, bor bilim va mahoratlarini ishga soldilar. “Zvezda vostoka” NDTMdan ishtirok etgan o‘quvchilaridan 18 nafari olimpiadaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun